Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov hamda sektor rahbarlari bog’dorchilik,uzumchilik shirkati raislari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda elektr tizimidagi nosoliklarni bartaraf etish, qish mavsumida turli xil yong’in holatlarini oldini olish, xonadonma-xonadon yurib, aholi muammolarini o’rganish, fuqarolarning is gazdan zaxarlanishini oldini olish, jamoat tartibini saqlash, "Xavfsiz shahar" konsepsiyasi asosida shahar hududini zamonaviy videokuzatuv kameralari bilan ta’minlash, yoshlar o'rtasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchiliklarni erta aniqlab bartaraf etish, shahar hududida noqonuniy qurilishlarning bo’lmasligi hamda fuqarolarning o’zboshimchalik bilan ruxsatnomasiz qurilgan uy-joylarga egalik qilmasligi, shuningdek,xatlov jarayonlari bo’yicha muhokama qilinib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.