Bugun shahar hokimi Nazirbek Rahmanov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijrosini o‘rganish tahlili yuzasidan hokimlik mas’ullari va bir guruh rahbarlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Davlatimiz rahbarining 2024-yil 14-dekabrdagi "Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha " qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida"gi 430-sonli qarori hamda 2024-yil 20-dekabrdagi "Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi" 223-sonli Farmoni ijrosiga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Yig‘ilish davomida ijro intizomi, ijtimoiy-iqtisodiy, qurilish, ta’lim, xotin-qizlar yo‘nalishlaridagi vazifalar ijrosi, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, ombor daftariga kiritilgan vazifalar bo‘yicha ham amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
Bajarilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.