Bugun bo‘lib o‘tgan hokim va profilaktika(katta) inspektorlari uchrashuvida jamoatchilik so’rovida faxrli 1,2 va 3-o'rinlarni egallagan hamda yil davomida o'z mahallasini "jinoyatdan holi hudud"ga aylantirib "Yashil mahalla" natijasiga erishgan profilaktika (katta) inspektorlari shahar hokimi Nazirbek Rahmanov tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Jarayonda shahar hokimi profilaktika (katta) inspektorlariga o‘zining samimiy tilaklarini, xizmatni burchini samarali tashkil etish bo‘yicha talab hamda tavsiyalarini bildirib o‘tdi.
Shuningdek, IIB boshlig‘i Sardor Latipov profilaktika inspektorlariga qarata xizmat hududida huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikni jilovlash, xizmat vazifalarini vijdonan ado etgan holda qo‘l ostidagi xodimlarni o‘z ortidan ergashtira olish, xalqimiz ishonchini oqlash asosiy xizmat burchi bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.









