DataLife Engine / HOKIM VA PROFILAKTIKA  (KATTA) INSPEKTORLARINING NAVBATDAGI UCHRASHUVI BO'LIB O'TDI

HOKIM VA PROFILAKTIKA  (KATTA) INSPEKTORLARINING NAVBATDAGI UCHRASHUVI BO'LIB O'TDI

Zarafshon shahri hokimi Nazirbek Rahmanov hamda shahar IIB boshlig‘i  Sardor Latipov  Zarafshon shahar  IIB XPB profilaktika (katta ) inspektorlari bilan muloqot qildi. O‘zaro suhbat chog‘ida ko‘plab qonunbuzarliklarni erta aniqlab, bartaraf etish, jinoyatchilikning oldini olish, profilaktika inspektorlarining ishini yengillashtirish, xizmat natijadorligini oshirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, takliflar o‘rtaga tashlandi. 

Muloqot davomida jamoat tartibini saqlash hamda favqulodda holatlarning oldini olish, yoshlar o'rtasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchiliklarni bartaraf etish,  yosh avlodni milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda boshqa ko'pgina masalalar xususida aytib o'tildi. 

Shuningdek, uchrashuv davomida profilaktika(katta) inspektorlari tomonidan amalga oshirilgan 2024-yildagi ishlar tahlil qilindi hamda 2025-yildagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. 












20-01-2025, 19:51
Вернуться назад