DataLife Engine / #APPARAT_YIGʼILISHI

#APPARAT_YIGʼILISHI

Bugun, Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov rahbarligida navbatdagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda shahar sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, korxona, tashkilot mas’ullari, mahallalardagi hokim yordamchilari ishtirok etishdi.

Apparat yig‘ilishida aholi bandligini ta’minlash, migrantlar bilash ishlash hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mahallalarga biriktirilgan mas’ullar va sektor rahbarlarining hisoboti, xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish va hududiy investitsiya dasturlarining ijrosi hamda amalga oshiriladigan vazifalar tahlil etildi. 

Shuningdek, turizmni rivojlantirish, yangi innovatsion loyihalarni ishlab chiqish, tadbirkorlarni jalb qilish orqali bo‘sh ish o‘rinlarini yaratish, shaharni ishsizlikdan holi hududga aylantirish masalalari muhokama qilinib, bu bo'yicha mutasaddilarga tegishli  ko'rsatma va topshiriqlar berildi.










20-01-2025, 10:58
Вернуться назад