Apparat yig‘ilishida dastlab kun tartibidagi asosiy masala ijro intizomini mustahkamlash, edo.gov.uz platformasidagi nazoratdagi hujjatlar ijrosi muhokamasiga bag‘ishlandi.
Yig’ilishda aholi bandligini ta’minlash, migrantlar bilash ishlash hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mahallalarga biriktirilgan mas’ullar va sektor rahbarlarining hisoboti, 2024-yilda xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish va hududiy investitsiya dasturlarining ijrosi hamda 2025-yilda amalga oshiriladigan vazifalar tahlil etildi.
Shuningdek, ichki ariqlarni betonlashtirish, hashar yo‘li bilan tozalash bo‘yicha mas’ullar va sektor rahbarlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, bu bo'yicha mutasaddilarga tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berildi.









