Xabaringiz bor, Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi delegatsiya Xitoyning Sichuan viloyatida bo'lib ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuvlar o'tkazgan edi.
✔️Delegatsiya tarkibida Zarafshon shahri hokimi Nazirbek Rahmonov ham ishtirok etib qaytgan edi.
🔵Xitoydagi muzokaralarga binoan, bugun Sichuan viloyatidagi ikkita yirik kompaniya-Sichuan Chuanhe Shengxin Electric Power Engineering Co., Ltd. hamda Sichuan Shengyuanxin Intelligent Electric Co., Ltd. vakillari Navoiy viloyatiga tashrif buyurishdi.
🌟Navoiy viloyati hokimligining majlislar zalida Zarafshon shahri hokimi Nazirbek Rahmanov hamda xitoylik investorlar uchrashuvi bo'lib o'tdi.
🔔Ma’lumot o’rnida, ikkala kompaniya ham elektr energetikasi sohasida innovatsion yechimlarni ishlab chiqish, sotish va joriy etish bilan faol shug'ullanadi.
✔️O'zaro muzokaralar davomida Zarafshon shahrida konchilik, energetika, xizmatlar sohasiga investitsiya kiritish hamda savdo salohiyatini oshirish, elektr jihozlari ishlab chiqarish loyihalari kelishib olindi.
👍Ushbu uchrashuv Zarafshon shahrining sanoat salohiyatini Xitoy bozoriga tanitish, investitsiyalarni jalb qilish va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.