DataLife Engine / ZARAFSHON SHAHAR HOKIMI NAZIRBEK RAHMANOVNING MAHALLA TIZIMI XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMI NAZIRBEK RAHMANOVNING MAHALLA TIZIMI XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI

Hurmatli Mahalla tizimi xodimlari va faollari !

Sizlarni 22-mart – Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman. 

Mahalla azaldan chinakam milliy qadriyatlar, o‘zaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik,  xalqimizga xos urf-odat va an’analar maskani  bo'lib kelgan.

O‘zini o‘zi boshqaruv tizimining bu noyob usuli qadim-qadimdan odamlarning nafaqat tilida, balki dilida, butun hayotida chuqur joy egallagani bejiz emas. "Mahalla – ham ota, ham ona" degan hikmatli naql ana shu hayotiy haqiqatning ifodasi sifatida qabul qilinadi. Har qaysi xonadon, butun el-yurtdagi ma’naviy vaziyatni anglamoqchi bo‘lgan kishi, bu boradagi haqiqiy manzaraning yorqin ifodasini mahalla hayotida yaqqol ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi. Ayni paytda mahalla tizimining nufuzi va faoliyati samarasini kuchaytirish, uni fuqarolar o‘z fikri va dardini, taklif-tavsiyalarini erkin aytadigan, muammosiga yechim topadigan chinakam xalqchil idoraga aylantirish har qachongidan dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shundan kelib chiqib,  bugungi kunda soha xodimlarining jamiyatimizda ma’naviy muhit barqarorligini, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yoshlarni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, aholini ijtimoiy himoya qilish borasidagi fidokorona xizmatlarini el-yurtimiz yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi.

Mahallada o‘zgarish bo‘lsa – butun jamiyat o‘zgaradi.

Hurmatli mahalla tizimi xodimlari!

Xalq ishonchini oqlash, unga munosib bo‘lish – dunyodagi eng ulug‘ baxtdir. Shunday baxt, shunday sharaf hammangizga nasib etsin!
Sizlarni bugungi qutlug‘ bayram bilan yana bir bor muborakbod etar ekanman, barchangizga mustahkam sog‘liq, xonadonlaringizga fayzu baraka, mas’uliyatli va serqirra faoliyatingizda yangi yutuq va omadlar tilayman.

22-03-2024, 13:50
Вернуться назад