DataLife Engine / YAXSHILIKNING MUKOFOTI - FAQAT YAXSHILIKDIR

YAXSHILIKNING MUKOFOTI - FAQAT YAXSHILIKDIR

YAXSHILIKNING MUKOFOTI - FAQAT  YAXSHILIKDIR

Dunyoda mehr-muruvvat va saxiylik degan ajib bir tuyg‘u bor. Mana shu tuyg‘ular bilan kimningdir ko‘ngliga yaxshilik urug‘ini sochsangiz, elning duosini olasiz.

Xalqimizda shunday qutlug‘ kunlar borki, bu kunlarda insonlarga mehr-muruvvat ulashib yashaydi kishi. Beixtiyor, ulug‘ ishlarni qilgingiz keladi.

Bahorning iliq kunlarida xalqimiz intiqib kutib oladigan Navro‘z ayyomi arafasida insonlarga mehr va shodlik ulashayotgan, “Insonga naf keltirish-oliy baxt” so‘zlarini o‘ziga shior qilib faoliyat yuritayotgan shahar hokimligi va shahrimizdagi ko‘pgina tashkilotlar,  tadbirkorlar saxiylik va ezgulik borasida ko‘plab xayrli tadbirlarni amalga oshiryapti.

Zarafshon shahar hokimi o‘rinbosari O.Xakimov,  L.Tursunova, shahar  Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari D.Bahronovalar xayrli ishlarni davom ettirib,  oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari holidan xabar olishdi. Hamda bolalar bilan uchrashib, samimiy suhbat qilishdi.

Dilafruz Bahronova-Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Zarafshon shahar markazi rahbari









24-03-2024, 12:21
Вернуться назад