Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan Zarafshon shahridagi "Billur" tantanalar maskanida bayram dasturi tashkil etildi.
Ushbu bayram dasturida Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, sektor rahbarlari, mahalla mas'ullari, ishtirok etdilar. Tadbir avvalida shahar rahbari so‘zga chiqib, mahalla mas'ullarini kasb bayrami bilan muborakbod etdi.
Shuningdek, mahallalarda fidoyilik bilan faoliyat olib borayotgan bir guruh mas'ullarga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Shundan so‘ng bayram tadbiri boshlanib, shahar madaniyat bo‘limining san'atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga yanada ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.






