Mazkur korxona endigina o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, "ART GLASS" brendi ostida mahalliy tadbirkor tomonidan bugungi kunda zamon talablariga mos sensorli oynalar ishlab chiqarish bo‘yicha innovatsion loyihalarni amalga oshirmoqda. Xususan, Buxoro, Xorazm va boshqa viloyatlarga sotuvga chiqarilmoqda. Ushbu sensorli oynalarga nafaqat qurilish sohasida, balki boshqa sohalarda ham talab yuqori bo'lmoqda.








