Tadbirda maktabning iqtidorli o‘quvchilari tomonidan jonli ijrolar kuylanib, milliy raqslar namoyish etildi va ishtirokchilarga betakror bayram kayfiyati ulashildi.
Shuningdek, tadbirda shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i L. Tursunova ham ishtirok etib, 13-AFCHO‘IM matematika fani o‘qituvchisi Dilfuza Fayziyevani viloyat hokimligi tomonidan berilgan "Mo‘tabar ayol" ko‘krak nishoni sohibasi bo'lganligi bilan tabrikladi. L.Tursunova bu yuksak mukofot Dilfuza Fayziyevaning mehnatiga, intiluvchanligiga va jamiyatga qo‘shgan hissasiga munosib e’tirof ekanligini ta'kidladi.
Yuqori saviyada tashkil etilgan tadbir barcha tomonidan ko'tarinki kayfiyatda qarshi olindi.








