DataLife Engine / RAHBAR VA YOSH TADBIRKORLAR UCHRASHUVI

RAHBAR VA YOSH TADBIRKORLAR UCHRASHUVI

Zarafshon shahridagi "Yulduz" madaniyat uyida "Rahbar va yosh tadbirkorlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, DXX rahbari, hokim o'rinbosarlari, tegishli mas'ullar va tadbirkorlikka qiziqqan yoshlar ishtirok etdi. 

Uchrashuvda shahar hokimining birinchi o'rinbosari A.Shoxmirzayev O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta'minlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi  PQ-62-sonli qarorda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, garovsiz kreditlar, subsidiyalar va tadbirkorlik loyihalariga oid chora-tadbirlarni taqdim etdi.

Shuningdek, "Marvarid" ko‘li atrofi bo‘lgan 30 gektar yer maydoni auksion savdolariga chiqarilishi haqida ma'lumot berdi. 






6-03-2025, 22:44
Вернуться назад