DataLife Engine / SHAHAR HOKIMINING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI YULDUZ MAHALLASIDA BO'LDI

SHAHAR HOKIMINING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI YULDUZ MAHALLASIDA BO'LDI

Bugun, Zarafshon shahri hokimi Nazirbek Rahmanov tomonidan Xalq qabulxonasi mudiri X.Xalilov, hokim o'rinbosari S.Ebotov hamda boshqa mutasaddilar ishtirokida Yulduz  mahallasidagi fuqaro va  yoshlar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul jarayonida har bir fuqaro va yoshlarning murojaati birma-bir tinglanib, ijobiy hal etilishiga e’tibor qaratildi. 

Qabulda fuqarolar tomonidan  ishga joylashish, moddiy ko'mak, uy-joy olish va boshqa masalalar  bo'yicha murojaat etildi. 

Barcha murojaatlar nazoratga olinib, huquqiy tushuncha va maslahatlar berildi, jarayonda ko'plab murojaatlarning ijobiy hal etilishiga erishildi. 

Shuningdek, muddat talab qilgan murojaatlar yuzasidan tegishli mas’ullarga ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.







6-03-2025, 21:42
Вернуться назад