DataLife Engine / TARG'IBOT TADBIRI

TARG'IBOT TADBIRI

Joriy yilning 6-mart kuni Ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish va radikallashuvni oldini olish maqsadida Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Zarafshon shahar bosh mutaxassisi A.Xamdamov, shahar kengashi deputati D.Bahranova tomonidan shahar tumanlararo Ftiziatriya bo‘limi hamshiralari ishtirokida "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 25-fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi O‘RQ-1037 sonli Qonunining mazmuni va mohiyati tushuntirildi.

Shuningdek, tibbiyot sohasidagi dunyoviylikni ta’minlashning asosiy mexanizmlari, qonuniylik, vijdon erkinligi, dinning davlatdan ajratilishi, tenglik, erkin tanlov, vatanparvarlik, shukronalik kabi muhim mavzular haqida ma’ruzalar qilindi. 




6-03-2025, 13:15
Вернуться назад