DataLife Engine / ZAMONAVIY MAKTAB BOLAJONLARNI BAG'RIGA OLDI

ZAMONAVIY MAKTAB BOLAJONLARNI BAG'RIGA OLDI


14-umumta'lim maktabining tantanali ochilish marosimida  yangi maktabning qurilishida jonbozlik ko‘rsatgan "Muzaffar-Shaxribonu poydevori" MCHJ quruvchilariga va faol tashkilotchilarga maxsus choponlar taqdim etildi. 

Ma'lumot uchun, ushbu maktab 990 o'ringa mo'ljallangan bo'lib,Ta'lim muassasasida o'quvchilarga Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar dasturi asosida ta'lim beriladi. Shuningdek, yangi maktabda koreys tili, IT, xitoy tili, musiqa, shaxmat, harbiy vatanparlik kabi innovatsion to'garaklar tashkil etiladi.

Zarafshon shahrining ta'lim infratuzilmasiga katta hissa qo'shgan ushbu maktabda, zamonaviy kutubxona, sport zal, texnologiya xonalari mavjud bo'lib, o'quvchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. 

Jarayonda shahar hokimi har bir sinf xonasida bo'lib, o'quvchilar zamonaviy imkoniyatlardan to'liq foydalanib, yaxshi bilim olishga intilishi kerakligini ta'kidladi.



20-03-2025, 16:37
Вернуться назад