Mazkur tikuv sexining ochilish marosimida Zarafshon shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i L.Tursunova, mahalla faollari, tegishli mas'ullar hamda tadbirkorning yaqinlari ishtirok etishdi.
Tadbirkor Xurshida Xushnazarovaga tegishli yangi tikuv sexining ochilishi bilan 8 ta yangi ish o‘rni yaratildi, natijada mahalladagi fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar taqdim etildi.





