O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2021-yil 26-mart PQ-5040-son Qarori ijrosi amalda
“Ajdodlarga munosib voris bo‘laylik” shiori ostida haftaliklar doirasida 26-aprel –O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun munosabati bilan 3-sonli KBFChO‘IDUMda 2022-yil 28-aprel kuni “Muhammad Yusuf el sevgan shoir“ mavzusida viloyat seminari bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarda Navoiy viloyati xalq ta’limi boshqarmasining birinchi o‘rinbosari Sh.Hamidova, filologiya fanlari metodisti D.Imomova, Zarafshon shahar ma’naviyat va ma’rifat bo ‘limi rahbari D.Baxranova, shahar XTB mudir o'rinbosari G.Mahmudov va shahar xalq ta’limi metodistlari hamda barcha maktab ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Seminarda ko'rgazmalar namoyish etildi. Fan o'qituvchilari, o'quvchilar va turli kasb egalari tomonidan shoir ijodidan namunalar o'qildi. Tadbirda 300 nafar yoshlar ishtirok etdi.
Shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi