Shahar hokimi tashrif davomida maktabda oʼquvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib chiqdi. Jumladan, sport zal, kutubxona, maktab bogʼi, sinf xonalarini koʼzdan kechirdi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʼyicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.


