Zarafshon shahrida 22-aprel kuni “PIRAMIDA” sog‘lomlashtirish va o‘quv markazining ochilish markazi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida shahar hokimining birinchi o'rinbosari А.Shohmirzayev, korxona-tashkilot rahbarlari, nuroniy otavon va onaxonlar, yoshlar va keng aholi vakillari ishtirok etdi.
Shahar Madaniyat bo'limi va Oltin vodiy madaniyat uyining xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo'shiqlar barchaga xushnudlik baxsh etdi.
Ma'lumot o'rnida shuni aytish mumkinki, ushbu "Piramida" markazi "Marhabo ziyo" MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha hisoblanadi.


