Zarafshon shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi rahbari tomonidan 3-ixtisoslashtirilgan maktab kutubxonasida shaharda "Ma'naviyat festivali" ni o'tkazish, ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini yanada takomillashtirish, yoshlarni turli tanlov va kitobxonlikka keng jalb qilish, adiblar tavalludlarini munosib nishonlash hamda ekologik muhitni asrash maqsadida umumta'lim maktablarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.
Ularning takliflari tinglandi. Hamda shaharda viloyat seminarini o'tkazish bo'yicha kelishib olindi
