Shahar hokimi tashrif davomida tashkilotda tarbiyalanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib chiqdi. Hududda obodonlashtirish va “Yashil makon” umummilliy harakat doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Obodonlashtirish ishlarini, tashkilotning bino holatini koʻzdan kechirdi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.


