Zarafshon shahar hokimi Аnvar Radjabov shahar hududidagi qora mollarni zamonaviy Gidroponika usulida parvarishlash va yetishtirish bilan shug'ullanadigan “Javohir Zar Milk” MCHJ faoiyati bilan tanishdi. Tadbirkorning takliflari tinglandi. Shahar hokimi tadbirkorga kelajakda ish faoliyatini kengaytirish bo'yicha tavsiyalar berdi.
Ma'lumot o'rnida shuni aytish mumkinki, "Javohir Zar Milk" MCHJ 2021-yil may oyida o'z ish faoliyatini boshlagan. 10 milliard so'mlik loyiha asosida ish boshlagan. Yiliga 150 tonna mol go'shti ishlab chiqarish quvvatiga ega.