DataLife Engine / Siz ham bizning kitobxonlik safimizda bo'ling

Siz ham bizning kitobxonlik safimizda bo'ling

Siz ham bizning kitobxonlik safimizda bo'ling!
"Kitob zamonlar dengizida sayohat qilayotgan va oʼzining qimmatbaho yukini avlodlardan-avlodlarga tashiyotgan hikmat kemasidir" - deydi Frensis Bekon. Darhaqiqat kitob  insonni tarbiya sari yetaklaydi. Oʼqishdan toʼxtagan odam fikrlashdan ham toʼxtaydi. Bugun bu hikmatning nechogʼli hayotiy haqiqat ekanligini atrofimizda roʼy berayotgan voqealar misolida ham koʼrib turibmiz. Kitob tafakkur, maʼnaviyat, axloq va tarbiya manbai ekanligini, uning inson kamoloti yoʼlida tutgan oʼrni haqida ortiqcha gapirishning hojati boʼlmasa kerak.
Mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va amaliy natijaga erishishda bir qator ishlar qilinganligini taʼkidlash joiz.
Bizning Zarafshon shahrida ham kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida muntazam kitobxonlik mutolaa soatlari ikki yildan buyon o'tkazib kelinmoqda.
Yangi 2022-yildan boshlab ushbu kitob mutolaa an'anasi yana davom etmoqda.
Ayni damda, shahar Axborot-kutubxona markazida Zarafshon shahar hokimi, Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi raisi Anvar Radjabov, shahar hokimi o'rinbosarlari, apparat xodimlari, korxona-tashkilot rahbar-xodimlari va ma'naviyatchilar
kitob mutolaasi soatida.
Aziz yurtdoshlar siz ham bizning kitobxonlik safimizda bo'ling.
Zarafshon shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi rahbari D.Bahronova






8-01-2022, 18:27
Вернуться назад