Bugun, Yangi Zarafshon MFYida shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli "Yangi Zarafshon oilaviy shifokorlik punkti" qayta kapital ta'mirlanib foydalanishga topshirildi.
Unda ishtirok etgan shahar hokimi Nazirbek Raxmanov, shahar prokurori A.Djumayev, shahar DSI boshlig'i Z.Shomurodov, shahar IIB boshlig'i E.Yaxyoyev va mutasaddi rahbarlar, jamoatchilik vakillari, nuroniylar tibbiyot sohasi xodimlari va mahalla ahlini ana shunday ko'rkam majmuaning qayta kapital ta'mirlanib, aholiga xizmat qilayotganligi bilan samimiy muborakbod qildilar. Quruvchi pudrat tashkilot rahbariga shahar hokimi tomonidan milliy to'n kiydirildi.
Tadbir yakunida milliy taom osh suzilib, tashkilotchilar tomonidan bir piyola choy ustida dasturxon atrofida yig'ilib, davlatimiz tomonidan berilayotgan e'tibor uchun shukronalar aytildi.