Joriy yilning 6-oktabr kuni “Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish - xalqimizga xos ezgu fazilat” degan bosh gʼoyasini o‘zida mujassam etgan “Keksalar haftaligi”ni o‘tkazish hamda 15-oktabr "Qishloq ayollari kuni" munosabati bilan shahardagi "Tinchlik" mahallasi hududidagi Yoshlar madaniyat markazida maʼnaviy-madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boʼlimi, shahar Maʼnaviyat va maʼrifat bo‘linmasi, mahalla raislari va nuroniylar ishtirok etdi.
Tadbirda shahar Maʼrifat targ‘ibotchilar jamiyati aʼzosi O. Temirov va shahar Madaniyat bo‘limi xonandalari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.



