Maktabgacha ta'lim sohasi vakillari va tashkilot rahbarlari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida, shahar 2-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Kitobxon direktor" intellektual kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda shahardagi barcha davlat maktabgacha ta'lim tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. Unda Cho‘lponning "Kecha va kunduz" asari asosida savol-javoblar qilindi. Tanlov natijalariga binoan g‘oliblarga diplom va faol ishtirokchilarga tashakkurnomalar topshirildi. 1-o‘rin shahar 1-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti direktoriga nasib etdi.




