Bugun, 14-oktabr kuni Zarafshon shahrida OAV vakillari, jurnalist va keng jamoatchilik vakillari uchun “Maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishda xodimlarning malaka va tajribasini oshirish, ota-onalar tomonidan bildirilayotgan takliflarning o‘rni” mavzusi yuzasidan matbuot anjumani doirasida 2-sonli va “Umid” nomli reabilitasiya markaziga ega ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan MTT faoliyati bilan jurnalistlar yaqindan tanishtirildi.







