Uchrashuvda shahar prakurori Anvar Djumayev barchani bayram bilan tabrikladi hamda Oltin vodiy, O‘zbekiston, Quruvchi, Yangi Zarafshon mahallasidagi faol nuroniylar, yoshlar va ota-onalar taqdirlandi.
Shahar Madaniyat bo‘limi xonandalari, va maktab yoshlari tomonidan vatan, mehr-oqibat, ota-onalarni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Shahar Ma'rifat targ‘ibotchilar jamiyati a'zolari tomonidan jamiyatimizda bo‘layotgan tub islohotlar to‘g‘risida fikrlari bildirildi.
Zarafshon shahar hokimligi Axborot xizmati



