Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov o‘rinbosarlar hamrohligida Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yilida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash va yoshlar bilan muloqot qilish maqsadida shahardagi 3-maktabda bo‘ldi. Maktabda yoshlar bilan uchrashib, ular bilan samimiy suhbat qildi.
Bundan tashqari matematika fanidan o‘quvchilarga dars o‘tdi. Ularni qiziqishlari va takliflarini tingladi. Hamda bildirilgan takliflar asosida hokim o‘rinbosarlariga topshiriqlar berdi.