31-yanvar kuni Zarafshon shahar Yulduz madaniyat markazida "Hokim va yoshlar" uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda shahar hokimi Nazirbek Rahmonov, DXX Zarafshon shahar boʻlimi boshligʻi S.Shayzakov, hokim o‘rinbosari, Yoshlar Ishlari shahar bo‘limi rahbar-xodimlari, yoshlar yetakchilari va mutasaddi rahbarlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda dastavval shahar hokimi o‘rinbosari Obidjon Xakimovning shaharda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisoboti eshitildi.
Hamda shahar hokimi Nazirbek Raxmanov yoshlar bilan samimiy muloqot qildi. Ularning taklif va muammolari tingladi. Bajarilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan shahar hokimi o‘rinbosari Obidjon Xakimovga topshiriqlar berildi.
Zarafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Rasmiy kanal👇
https://t.me/zarafshon_shahar_axborot_xizmat