Unda shahar hokimi Nazirbek Raxmanov ishtirok etib, seminarni ochib berdi.
Bundan tashqari seminarda shahar hokimi o‘rinbosari Obidjon Xakimov, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi shahar bo‘linmasi rahbari D.Bahronova Yoshlar agentligi shahar bo‘limi rahbari A.G‘ulomov, shahar XTB mudiri Z.Raximov, umumta'lim maktablarining chet tili fani o‘qituvchilari va yoshlar ishtirok etdi. Seminar davomida ta'lim sohasidagi yutuqlar hamda yoshlarni IELTS sertifikatlarini olish tartiblari bo‘yicha master-klass o‘tkazildi. Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.






