Har bir o‘zbek xonadonini rayhon gullarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Qaysi bir, xonadonga kirib bormang rayhonning muattar ifori dimog‘ingizga urilib, sizga xush kayfiyat baxsh etadi.
Rayhon — qadimiy o‘simlik. Uning nomi ham “xushbo‘y hid taratuvchi” ma'nosini beradi. Bu ko‘katni barchamiz xush ko‘ramiz. Shoirlar unga bag‘ishlab she'rlar bitishgan. Yurtimizda rayhonning yana bir turi jambil ham yetishtiriladi. Rayhonning barcha turlari turli taomlarga, salatlarga qo‘shib iste'mol qilinadi.
Hozirgi kunda yurtimizga bahor fasli kirib keldi. Barcha yurtdoshlarimiz va shahardoshlarimizni o‘z hududlari, ko‘p qavatli uylar pastlari, ko‘cha va hovlilarida rayhon ekishlarini so‘rab qolardik.
Dilafruz Bahronova Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Zarafshon shahar bo‘limi rahbari.