Zarafshon shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasidan kelib chiqib, aholining kitobxonlikka boʻlgan qiziqishini orttirish maqsadida mahallalardagi kutubxonalarni zarur adabiyotlar bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratib borilmoqda. Ushbu borada Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyati boʻlimi boshqaruvi tashabbusi bilan “Mahalla” xayriya jamoat fondi Zarafshon shahar boʻlinmasi hamda shahar hokimligi tomonidan “Mahalla uchun kitob” loyihasi taqdimoti amalga oshirildi. Mazkur tadbirda shahar hokimi
Nazirbek Rahmanov ishtirok etib, shahardagi mahalla fuqarolar yigʻinlariga oʻzbek va jahon adabiyotiga mansub kitoblar xayriya tarzida topshirildi.