



ULOQ-KOʻPKARI MUSOBAQASI OʻTKAZILDI
Shahrimizda Mustaqilligimiz 32 yilligi munosabati bilan "Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun" bayram tadbirlari davom etmoqda.
Mana shunday tadbirlardan biri - Yangi Zarafshon mahalla fuqarolar yigʻini hududida uloq-ko'pkari musobaqasi bo'lib o'tdi. Hududlardan kelgan uloqchi chavandozlar bosh sovrin toy, uy, 1 mln soʻm pul mukofotlari uchun bellashdi. Koʻtarinki ruh va yuqori kayfiyatda oʻtgan tadbir tashrif buyurgan mehmonlarga va shahrimiz fuqarolariga oʻzgacha kayfiyat baxsh etdi.