🔰 Xodim iltimosiga koʻra quyidagi holatlarda boshqa ishga oʻtkazilishi kerak:
🔹sogʻligʻiga koʻra yengilroq ishga oʻtkazishga oid tibbiy xulosa boʻlganida;
🔹homilador ayolni vaqtincha yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarishdan xoli ishga oʻtkazish boʻyicha tibbiy xulosa boʻlsa;
🔹2 yoshga toʻlmagan bolasini parvarishlayotgan ota-onaning biri (vasiy) tomonidan avvalgi ishini bajarish mumkin emasligi;
🔹boshqa uzrli sabablarda va bunday ish ish beruvchida mavjud boʻlganda.
📋 Xodim tashabbusiga koʻra vaqtincha boshqa ishga oʻtkazish uchun uzrli sabablar roʻyxati jamoa shartnomasida belgilanishi mumkin.
❕Xodim tibbiy xulosaga muvofiq yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarishdan xoli boshqa doimiy ishga oʻtkazishga muhtoj boʻlsa, ish beruvchida boʻsh ish oʻrni boʻlsa xodim boshqa doimiy ishga oʻtkazilishi kerak.