TADBIRKORLAR SAYYOR QABULI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm viloyatiga tashrifida Respublika idoralari rahbarlariga joylarda tadbirkorlar bilan uchrashishi borasidagi vazifalar belgilab berilgan edi.
Vazifalar ijrosi yuzasidan Zarafshon shahrida tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni keng jalb qilish, biznesni yuritish uchun imkoniyatlar yaratish, qonuniy manfaatlarini himoyalash va huquqiy kafolatlarini mustahkamlash, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish maqsadida shahar hokimi N.Rahmanov, shahar prokurori Sh.Shernazarov, shahar DSI boshlig'i Z.Shomurodov va ixtisoslashtirilgan prokuror A.Djumayev 2-sonli umumta’lim maktab binosida tadbirkorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda ish faoliyatida muammoga duch kelayotgan tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, ayrim muammolar joyida bartaraf etildi. Ba’zi murojaatlarni hal qilish bo‘yicha qisqa muddatlar belgilanib, tegishli tashkilotlarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.