"Shohrud Grand Oil" - avtomobillarga gaz quyish shaxobchasi ochilish tadbiri boʻlib oʻtdi.
Ochilish tadbirida shahar hokimi Nazirbek Rahmanov ishtirok etib, shahrimizda oʻz faoliyatini boshlayotgan ushbu obyekt, avvalo, xalqimiz manfaatiga xizmat qilishini, fuqarolarga qulayliklar yaratishi, shuningdek, saxovatpesha tadbirkorlar tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga koʻmak koʻrsatilayotganligini alohida taʼkidlab, tadbirkor faoliyatiga zafarlar tiladi. Ochilish marosimi davomida tadbirkor tomonidan nuroniylar, shahrimiz fuqarolari uchun bayram dasturxoni yozildi.
Maʼlumot oʻrnida, ushbu gaz quyish shaxobchasi 24/7 rejim asosida faoliyat koʻrsatib, shahrimiz fuqarolariga qulayliklar yaratadi.