Shahar hokimi axborot-kutubxona faoliyati bilan tanishdi
Bugun, 22 noyabr kuni Zarafshon shahar hokimi Anvar Radjabov shahar Axborot-kutubxona markaziga kitob mutolaasi uchun bordi. Dastavval shahar hokimi axborot-kutubxona faoliyati bilan tanishdi va shu yerning o‘zida markaz xodimlari bilan muloqot qildi.Muloqot davomida shahar hokimi Axborot-kutubxona markazi aholining sevimli maskanlaridan biriga aylanishi kerakligini ta'kidladi.Kutubxonaga shahardagi mahalla raislari va faollari, tashkilot, korxona va ta'lim muassasasi rahbarlari ham tez-tez kelib turishi, kutubxona fondidagi kitoblarni mutolaa qilish orqali buyuk tariximiz bilan tanishishi hamda uni aholiga yetkazishi kerakligini, bu maskan yoshlar uchun ilm, ma'naviyat va bilimlarini yanada mustahkamlaydigan qadrli dargohga aylanishi kerakligini ta'kidladi.