Zarafshon shahar hokimligi, shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo‘linmasi tashabbusi bilan shaharda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, umumta'lim va maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlarini qo‘llab-quvvatlash, ular o‘rtasida kitobxonlikni yanada rivojlantirish maqsadida o‘tkazilib kelinayotgan kitobxonlik intellektual tanlovining 2023-yil sarhisobi o‘tkazildi.
Unda shahar hokimi o‘rinbosari, shahar Ma'naviyat va ma'rifat kengashi raisi o‘rinbosari Obid Xakimov tomonidan g‘olib jamoalar diplom va kengash raisining kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.