✔️O‘zbekiston Milliy gvardiyasi organlari xodimlari ushbu jarayonda faol ishtirok etib, jamoat xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash hamda xalqimizning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish yo‘lida jonkuyarlik bilan mehnat qilib kelmoqda.
Bugun, tashkil etilgan bayram va dasturxon atrofida mashaqqatli va sharafli yo‘lda o‘zining fidoyiligi bilan Vatanga xizmat qilib kelayotgan bir qator shijoatli soha xodimlari shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, sektor rahbarlari tomonidan e’tirof etilib, taqdirlandilar.



