#jarayon
Zarafshon shahar hokimligi kichik majlislar zalida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Zarafshon shahar bo‘limi boshlig‘i Hamid Kenjayev va shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Anvar Shoxmirzayev tomonidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda shahar bo‘yicha soliq obyektlarini to‘liq hisobga olish va soliq solish bazasini kengaytirish, ajratilgan subsidiya va imtiyozli kredit mablag‘larini maqsadli sarflanishini o‘rganish, foydalanilmayotgan zaxiralarni safarbar qilish orqali 2024-yilda shaharda soliq tushumlarini oshirish masalalari muhokama etildi.