#fuqarolar_murojaati_yechim_topmoqda
YO‘LNI KENGAYTIRISH ISHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA
Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov 1-kichik tuman hududida yo‘lni kengaytirish va qurilish ishlari olib borilayotgan manzilda bo‘ldi.
Fuqarolar murojaatlarini ijobiy hal etish va qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan mazkur ishlar doirasida mutasaddilarga qator vazifa va topshiriqlar berildi. Shuningdek, obodonlashtirish ishlarini tashkil etish belgilandi.