KO'NGIL SO'RAB
Hazrat Navoiyning shunday satrlari bor: “Kimki bir ko‘ngli buzug'ning xotirin shod aylagay, Oncha borkim, Ka'ba vayron bo‘lsa, obod aylagay”. Darhaqiqat, insonlar holidan xabar olib, ularning ko‘ngillariga yaxshi so‘z ila malham bo‘lmoq savobli ishdir.
Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov "Konchilar" mahallasida istiqomat qiluvchi bemor fuqaro xonadoniga tashrif buyurib, holidan xabar oldi.
Samimiy suhbat chog‘ida shahar rahbari bemor va uning oila a'zolarining ham muammo va takliflarini tingladi. Bemorga shifo tilab, harakatlanishi uchun nogironlar aravachasi va oziq-ovqat mahsulotlarini topshirdi.
Ushbu tashrifdan mamnun fuqaro ezgu tilaklar bildirib, Yurtimizga tinchlik, Yurtboshimizga omonlik tilab, duoga qoʻl ochdi.