🌱 Shahrimiz aholisi “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumida daraxt ekish va obodonlashtirish ishlarida faol qatnashmoqda.
🌴Darhaqiqat, “Yashil makon” loyihasi ko‘chat ekib bog‘ yaratishni fazilat bilgan yurtdoshlarimizga shijoat va tashabbuskorlik bag‘ishladi. Bugun, Zarafshon shahrida yangidan qurilayotgan 5000 o‘rinli jome masjidi hududida yashil makon umummilliy loyihasi doirasida 50 tup tut, 50 tup o‘rik ko‘chatlari ekildi.
🌱 Jarayonda shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, shahar Din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassisi Azamat Xamdamov, shahar IIB boshlig‘i Sardor Latipov, mutasaddi rahbarlar, nuroniylar, yoshlar ishtirok etib, shaharning obodligiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.