Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari va bir qator mas’ullar bilan birgalikda "Yangi Zarafshon" mahallasida piyoda yurib, har bir xonadon egasi bilan birma-bir suhbatlashib chiqdi.
Suhbatlar jarayonida mahallalarda "Sayxunobod tumani tajribasi" amalga oshirilayotgani, buning uchun "Yangi Zarafshon" mahallasidagi xonadonlarda issiqxonachilik, sabzavotchilikni rivojlantirish, parrandachilik, chorvachilik kabi sohalarda aholining yuqori daromad topishlari uchun tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish belgilandi. Аholiga tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha maslahat berildi.
Hokim har bir xonadonning muammo va takliflarini tingladi, amalga oshirayotgan ishlari bilan tanishdi.