EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISH - ENG MUHIM VA DOLZARB MASALA
Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Navoiy viloyatiga biriktirilgan mas’ul vakili bilan birgalikda "AREL KONFEKSIYON" MCHJ to‘qimachilik trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish fabrikasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida korxonaning faoliyati, uning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, mavjud muammolar va takliflari tinglanib, bu borada tegishli chora tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Bugungi kunda mazkur korxona tomonidan ishchilarga qulay shart-sharoitlar yaratilgan, xususan, yotoqxona, oshxona va qulay yashashlari uchun imkoniyatlar mavjud bo'lib, bu esa korxona faoliyatini samarali tashkil etishda alohida ahamiyat kasb etadi.