Bugun, 5-iyunda Zarafshon shahar hokimi hamda shahar sektor rahbarlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Inson qadrini ulug'lash" maqsadida aholiga moddiy yordamlar berish to'g'risidagi topshirig'iga asosan, ijtimoiy ko'mak sifatida aholi xonadonlariga un mahsulotlari topshirildi.
Ushbu turdagi mahsulotlar shahardagi Muruntog' mahalla fuqarolari yig'inida istiqomat qiluvchi ehtiyoji bor 71 nafar fuqarosi bor 18 ta oilaga yetkazildi.