Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

KITOB FONDIMIZ 500 DONAGA KO'PAYDI

KITOB FONDIMIZ 500 DONAGA KO'PAYDI
Buyuklarni buyuk qilgan asosiy qudrat bu – kitob. Olam sirlarini jamlagan va uni yana olamga yoygan ham kitob. Odamni oyga nima olib chiqdi – kitob. Bugunning tili bilan aytilayotgan “modernizatsiya”, “innovatsiya”larning quvvat o‘chog‘i – kitob. Kitob–bilimlar xazinasidir.
Kitob – insonning eng yaqin do'sti va maslahatchisi, aql qayrogʼi va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo'lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo'tabar va muqaddas deb hisoblagan. Kitob – ruhiyatimiz ozuqasi, u bilan do'stlashish kishini nafaqat yuksaltiradi, balki unga jahonni tanitadi, ilm olamiga sayohatda hamrohlik qiladi, ezgulikka yetaklaydi.
Ma'lumki, shahrimizda kitobxon mutolaasi va kitobxonlar soni kundan-kunga oshmoqda.Bu esa o'z navbatida ehtiyojga qarab turli xil badiiy adabiyotlar sonini yanada boyitish kerakligini taqazo etadi. Shu maqsadda kuni kecha, Axborot-kutubxona markaziga 11 million so'mlik 500 dona yangi badiiy kitoblar olib berildi. Bu esa kitobxonlar safini yanada ko'payishiga xizmat qilishi aniq.
Aziz hamshaharlar sizlarni kitob mutolaasida chorlab qolamiz. Siz ham bizning safimizda bo'ling!
Zarafshon shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi rahbari D.Bahronova
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech