Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari

Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 18-noyabrdagi 2/18-1/3-74-sonli xati ijrosini taʼminlash maqsadida, joriy yil 24-noyabr kuni Zarafshon shahar Sanoat texnikumida "Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari" shiori ostida oʻquvchi yoshlarining ilgʻor gʻoya, taklif va tashabbuslari bilan yaqindan tanishish, ularning muammolarini hal qilish hamda talaba-yoshlar oʻrtasida shahar hokimligi, shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo‘linmasi hamkorligida "Jaholatga qarshi maʼrifat",  "Odam savdosi davr muammosi",  "Taraqqiyot strategiyasining mohiyati",  "Qizlarning hayo va ibosi" mavzularida uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuvda shahar hokimi o‘rinbosari L.Tursunova, shahar Manaviyat va marifat bo‘linmasi rahbari D.Baxranova, shahar hokimligi Din ishlari boʻyicha bosh mutaxassis A.Xamdamov, Yoshlar ishlari Agentligi shahar boʻlimi rahbari A. G‘ulomov hamda shahar bosh imom xatibi Q.Ibragimovlar ishtirok etishdi. 

Tadbirda soʻzga chiqganlar bugungi kunda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni va aholi turmush sharoitini yaxshilash, yoshlarni turli diniy ekstremistik oqimlar taʼsiridan asrash, xotin-qizlar o‘rtasida zo‘ravonlikni oldini olish, odam savdosiga qarshi kurashish, ommaviy madaniyatni ta'siri xususida so‘z bordi.

Tadbir soʻngida "Aldov qurboni boʻlmang" nomli videorolik namoyish etildi.
Zarafshon shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi rahbari D.Bahronova
Rasmiy kanal👇 



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech